"AKT mutaxassislarini tayyorlash dasturi (K-LINK) – Koreya-O‘zbekiston" seminari bo‘lib o‘tdi

img

Joriy yilning 13-avgust kuni Hilton Tashkent City mehmonxonasida NIPA (National IT Industry Promotion Agency) tomonidan tashkil etilgan "AKT mutaxassislarini tayyorlash dasturi (K-LINK) – Koreya-O‘zbekiston" seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar ikki mamlakat o‘rtasida AKT sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, sun’iy intellekt, innovatsiyalar va ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashishga qaratildi. Tadbirda Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari ham qatnashib, “Innovatsiyalarni joriy etish va texnologiyalar transferi: tajriba va istiqbollar” mavzusida taqdimot qilishdi.

K-LINK dasturi doirasidagi bunday uchrashuvlar davlatlararo texnologik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.