Karamay shahri Ilm-fan va texnologiyalar boshqarmasi vakillari Innovatsiyalar Milliy ofisiga tashrif buyurishdi

14-avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) Karamay shahri Ilm-fan va texnologiyalar boshqarmasi vakillari Innovatsiyalar Milliy ofisiga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Xitoy o'rtasida texnologiyalar transferi va tijoratlashtirish sohasida ishbilarmonlik aloqalarini yanada rivojlantirish, texnologik ehtiyojlar va takliflar haqida axborot almashish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mamlakatimizdagi ilmiy tadqiqot institutlari bilan aloqa o'rnatish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.