Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari Vengriyaning “Startup Campus” kompaniyasida startap loyihalarni akseleratsiya qilish bo'yicha tajriba orttirmoqda

Innovatsiyalar Milliy ofisi xodimlari Vengriyaning “Startup Campus” kompaniyasida startap loyihalarni akseleratsiya qilish bo'yicha tajriba orttirmoqda
O'zbekiston-Vengriya qo'shma startap akseleratorini tashkil etishda Vengriya tomonidan hamkor tashkilot hisoblangan "Startup Campus" kompaniyasi bilan akseleratsiya dasturlarini tashkil etishda Yevropa tajribasini qo'llash hamda biznes g‘oyani muvaffaqiyatli startapga aylantirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda amaliy yordam ko'rsatish haqida suhbat bo'lib o'tdi.
Shuningdek, tomonlar joriy yilda ushbu kompaniya bilan hamkorlikda tashkil etilgan akseleratsiya dasturining 2-bosqichi hamda startap akseleratsiyani mentorlari uchun qisqa muddatli seminarlar o'tkazish bo'yicha muhokama olib bordilar.
Ma'lumot uchun: "Startup Campus" kompaniyasi Budapesht, Berlin, London shaharlarida o'z kampuslariga ega bo'lgan startap loyihalarni akseleratsiya qilish bilan shug'ullanuvchi hamda shu kunga qadar 500 dan ortiq startaplarni akseleratsiya qilgan, Yevropadagi katta tajribaga ega kompaniya hisoblanadi.