“Kelajak muhandislari” festivalida aviatsiya musobaqalari

img

“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali doirasida  tashkil etilgan aviatsiya musobaqalarida 15 dan ziyod oliy taʼlim muassasalari talabalari, harbiy qism kursantlari hamda turli yoshdagi 200 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.

Bellashuvlar 3 yoʻnalishda oʻtkazilmoqda:
🔺Drone Racing – qatnashchilar tomonidan boshqarilayotgan dronlar belgilangan yoʻnalish boʻylab toʻsiqlarni yengib oʻtib, marraga eng qisqa vaqtda yetib borishlari kerak. 
🔺Havo jangi – qatnashchilar raqib droni tasmasini kesish va havodagi muvozanatni saqlagan holda maksimal ball toʻplash uchun kurash olib borishadi. 
🔺Raketa modellashtirish – ishtirokchilar oʻzlari loyihalagan va yigʻgan raketalarni uchirishadi. Raketalarning uchish balandligi, barqarorligi va texnik yechimlari maxsus hakamlar tomonidan baholanadi.