Sanoat korxonalarining muammolariga qaratilgan hakaton tashkil etildi

img

 

Mamlakatimizda qishloq xo'jaligi sohasidagi dolzarb muammolarini innovatsion texnologiyalar yordamida hal etiuvchi loyihalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Sanoat korxonalarining muammolariga qaratilgan hakaton” tashkil etildi. Hakatonning birinchi kuni 15-aprel kuni “INNO Technopark” hududida o‘tkazildi. 

Hakatonning asosiy maqsadi aqlli texnologiyalar va muhandislik yechimlarini yaratish orqali qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish hamda resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. 

Hakatonda 50 nafar ilg'or yoshlar qatnashib, jamoalarga bo‘lingan holda aqlli sug‘orish tizimlari va uchuvchisiz uchish vositalari yordamida ekin holatini monitoring qilish kabi loyihalar ustida ish olib borishdi.

🔸Ertaga, 16-aprel kuni hakaton yakunlanib, eng ilg‘or va innovatsion loyihalar tanlab olinadi va g‘olib jamoalar maxsus sertifikatlar hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.