“Milliy hub” startap-akseleratsiya dasturi doirasida o'tkazilayotgan seminar-trening davom etmoqda

img

Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Milliy hub” startap-akseleratsiya dasturi doirasida o'tkazilayotgan seminar-trening davom etmoqda. 

Bugun, seminarning uchinchi kunida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Startap ekotizimini rivojlantirish bo'limi boshlig'i Aziz Ilhamov va Toshkent farmatsevtika instituti iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i Iroda Shermatova ishtirok etishdi. 

Seminar davomida Aziz Ilhamov startaplarni muvaffaqiyatli biznes loyihaga aylantirish, unga sarmoya topish va investorlarni jalb qilish bo'yicha qiziqarli va kerakli ma'lumotlar bilan bo'lishdi. 

Irodaxon Shermatova esa o'z navbatida iste'molchilarni jalb qilish usullari, marketing strategiyalarini to'gri amalga oshirish va xarajatlarni taqsimlash yuzasidan taqdimot o'tkazdi.